Avrud travel
O'zbek
  • Русский
  • O'zbek
O'zbek
  • Русский
  • O'zbek

Yaponiya tarixi va tabiati


О туре


Yaponiya tarixi va tabiati turi — bu zamonaviy Tokio shiddati, Fuji va Xakone hududining sokin go‘zalligi, qadimiy Kioto muhitı va Naraning boy madaniy merosini birlashtirgan mazmunli sayohatdir. Bir safar davomida mehmonlar Yaponiya poytaxtining mashhur hududlarini, an’anaviy ibodatxonalar va bog‘larni, Fuji tog‘i atrofidagi manzaralarni, Edo davriga oid qadimiy yo‘llarni, geyshalar mahallalarini hamda Naraning mashhur kiyiklarini ko‘rish imkoniga ega bo‘ladilar. Ushbu marshrut Yaponiyani turli qirralari bilan kashf etishni istaganlar uchun mos — zamonaviy megapolisdan tortib tarix, tabiat va klassik yapon estetikasi uyg‘unligigacha.

Что вас ждёт


Qisqacha dastur

1-kun
Tokioga 09:40 da yetib kelish. Shaharga transfer. Birinchi tanishuv, tushlik, sayr. Mehmonxonaga 15:00 dan keyin joylashish. Dam olish.

2-kun
Tokio bo‘ylab avtomobilda ekskursiya.

3-kun
Tokio bo‘ylab yarim kunlik ekskursiya: gid bilan metroda, keyin mustaqil sayr va shopping.

4-kun
Xakonega, Fuji tog‘i tomon yo‘l olish. Ekskursiya. Kiotoga yo‘l olish. Mehmonxonaga joylashish.

5-kun
Qadimiy poytaxt Kioto bo‘ylab ekskursiya (bog‘lar, ibodatxonalar, geyshalar).

6-kun
Naraga ekskursiya (VIII asrdagi poytaxt, Katta Budda, kiyiklar). Mehmonxonaga joylashish.

7-kun
Ertalab Narada. Mustaqil sayr, so‘ng 15:00 gacha gid bilan dastur. Kioto orqali poyezdda Tokioga qaytish. Tokioda mehmonxonaga taksi bilan mustaqil borish. Joylashish. Sayr, dam olish.

8-kun
Aeroportga transfer. 11:05 da uchib ketish.


Marshrut

Tokio → Xakone (Fuji) → Kioto → Nara → Tokio

  • Tokio — Kioto: 2,5 soat poyezdda

  • Tokio — Xakone: 2–2,5 soat avtomobilda

  • Kioto — Nara: 1 soat avtomobilda yoki 45 daqiqa poyezdda

  • Nara — Tokio: 2 soat 10 daqiqa poyezdda


Kunlar bo‘yicha dastur

1-kun — Tokioga yetib kelish

Toshkentdan 09:40 da Narita aeroportiga yetib kelish. Rus tilida so‘zlashuvchi gid bilan uchrashuv.
Narita aeroportidan shaharga transfer — taxminan 60–90 daqiqa.

Yaponiya poytaxti bilan ilk tanishuv.

Imperator saroyi yonida foto-stop yoki saroyning Sharqiy bog‘i bo‘ylab sayr
(saroy binosining o‘zini ko‘rishning imkoni yo‘q). Yaponiyaga sho‘ng‘ishni aynan shu yerdan boshlash ayni muddao.

  • Mashhur Ginza — eng qadimiy savdo rayonlaridan biri, shu yerda Kabuki teatri ham joylashgan. Zamonaviy rassomlar galeriyalari ham bor. Tushlik va kechki ovqat uchun restoranlar tanlovi katta.

  • Tushlikdan so‘ng, agar hali kuch qolgan bo‘lsa, Ginza bo‘ylab yoki qo‘shni Nihonbashi bo‘ylab sayr davom ettiriladi (nol kilometri va qiziqarli do‘kon-galereyalari bilan).

  • 16:00–17:00 da Royal Park Shiodome mehmonxonasiga joylashish — Tokio markazining o‘zida: Ginzagacha piyoda 5–10 daqiqa, Odayba oroligacha monorelsda 15 daqiqa. Ehtimol, Tokiodagi eng yaxshi 4 yulduzli mehmonxonalardan biri. Bundan qulayroq joylashuvni tasavvur qilish qiyin.


2-kun — Tokio

Tokio bilan tanishuv.

Bu kunda 3–4 ta diqqatga sazovor joyni ko‘rishga ulgurish mumkin. Quyidagi marshrut taklif etiladi:
(joyning o‘zida gid bilan kelishgan holda sizning qiziqishlaringizga moslab o‘zgartirish mumkin).

Tsukiji baliq bozorining tashqi qismi

Bir necha yil oldin ertalabki tunets va boshqa qimmatbaho baliq turlari auksioni bilan mashhur bo‘lgan tarixiy bozor yangi joy — Toyosuga ko‘chirildi (professionallar uchun qulayroq, kengroq, yorug‘roq, ammo sayyohlar uchun endi kamroq qiziqarli).

An’anaviy muhitni his qilish uchun eski Tsukijining hanuzgacha xususiy xaridorlar uchun ishlayotgan tashqi qismiga borish mumkin. Bu yerda xom baliq assortimenti unchalik katta emas, ammo tor ko‘chalar bo‘ylab sayr qilish, turli oshxona buyumlari sotiladigan do‘konlarga kirish va nonushtaga nihoyatda yangi sushi, ustritsa, dengiz kirpisi ikrasi va boshqalarni tatib ko‘rish mumkin.

Agar soat 11:00 dagi tomoshaga chipta olish imkoni bo‘lsa — Kabuki teatriga tashrif. Tomosha davomiyligi taxminan 2 soat.

  • Hamarikyu bog‘i (syogunning sobiq ov joylari, ko‘rfaz bo‘yidagi an’anaviy bog‘, Shiodome osmono‘par binolari fonida).

  • Asakusa qadimiy tumani — Edo davridagi eski Tokioning saqlanib qolgan qismi, Tokiodagi eng e’zozli ibodatxonalardan biri — Sensodzi. Nakamise savdo ko‘chasi. Bu yerda mayda do‘konchalar juda ko‘p, deyarli hamma narsani topish mumkin. Bir necha avloddan beri ishlayotgan hunarmandlar nafis buyumlarini namoyish etadilar. Ko‘cha taomlari ham juda rang-barang.

  • Ryogoku tumani, 200 yildan ortiq vaqtdan beri sumo madaniyatining markazi hisoblanadi. Bu yerda Kokugikanstadioni, sumochilar yashab mashq qiladigan ko‘plab maktablar joylashgan. Omad kulib boqsa, ko‘chada haqiqiy sumochiga duch kelish mumkin.

  • Yoki sun’iy Odayba oroli — 19 metrlik Unicorn Gundam haykali va Tokio ko‘rfazi ustidagi kechki yoritilgan Rainbow Bridge manzarasi bilan.

Ekskursiya Odayba orolida yakunlanadi. Raqamli san’at bilan tanishuv — mustaqil ravishda.

TeamLab Planets loyihasi

Mehmonlar kirishda oyoq kiyimlarini yechadilar va keyin yorug‘lik installyatsiyalari ularni tabiat olamiga, jumladan taktil hissiyotlar orqali ham olib kiradi. Sayoz ko‘l bo‘ylab yurish, raqamli koi baliqlarini “tutish”, oynali xonaning cheksiz makoniga sho‘ng‘ish mumkin. Ta’sirchan art-makonlar va ikki bog‘ mavjud.
(Chiptalar oldindan seans bo‘yicha olinadi, ammo mavsum qizg‘in paytlarda hatto olingan vaqt bo‘lsa ham kirish navbatida biroz kutishga to‘g‘ri kelishi mumkin.)

Gid mehmonxonaga qanday qaytishni tushuntirib beradi.

Muzey yonida elektr poyezdlar stansiyasi mavjud bo‘lib, undan avtomatik boshqariladigan poyezd liniyasi o‘tadi; uning oxirgi bekati mehmonxonadan 3 daqiqa uzoqlikda joylashgan. Shu sabab bu safar nafaqat qulay, balki qiziqarli ham bo‘ladi. Liniya yoritilgan Rainbow Bridge orqali Tokio ko‘rfazidan o‘tadi.


3-kun — Tokio

4 soatlik gid bilan sayr — metroda, keyin mustaqil davom etadi.

Bu kunni zamonaviy Tokio va shoppingga bag‘ishlash mumkin:

  • Osmono‘par binolari va zamonaviy 3D reklamalari bilan Shinjuku tumani.

  • Omotesando xiyoboni bo‘ylab sayr (g‘ayrioddiy arxitektura, dunyodagi eng mashhur brendlar shtab-kvartiralari, restoranlar).

  • Aynan shu yerdan “mushuklar ko‘chasi” — Shibuya Cat Street boshlanadi, u go‘yo Omotesandoning eng yorqin ifodasidir: bu yerda noyob brendlar, noodatiy kafelar va o‘ziga tortuvchi ko‘cha muhiti jamlangan.

  • Harajukudagi “friklar ko‘chasi” bo‘ylab sayr.


4-kun — Xakone

Mehmonxonadan chiqish.

08:00 — yuk bilan Fuji tog‘i hududiga yo‘l olish (avtomobilda taxminan 2 soat).

Fuji–Xakone–Izu bog‘iga sayohat qalb uchun chinakam hordiq sifatida qabul qilinadi. Fuji tog‘ining hayratlanarli manzaralari (faqat havo ochiq bo‘lsa ko‘rinadi!), ko‘l va ushbu tog‘li hududning ko‘plab issiq manbalari.

Qadimiy Tokaido yo‘li va post muzeyi

Edo davrida (1603–1868) Xakone mamlakatning ikki yirik shahri — Edo (Tokio) va Kiotoni bog‘lagan savdo yo‘lidagi muhim nazorat punkti bo‘lgan. Ko‘p asrlik kriptomeriyalar (yapon kedrlari) bilan o‘ralgan o‘rta asr yo‘lining kichik qismi hozirgacha saqlanib qolgan, ba’zi joylarda esa bir necha asr oldin sayohatchilar bosib o‘tgan toshlar hanuz yotibdi.

Post bekati mayda tafsilotlargacha qayta tiklangan — darvozalar, devor, ofitserlar va askarlar xonalari, qamoqxona va kuzatuv minorasi. Manzarani shu yerning o‘zidagi kichik muzey ekspozitsiyasi to‘ldiradi.

Xakone ziyoratgohi

Inshootlarning o‘zi qalin o‘rmon bag‘riga yashiringan, ammo ularning borligini suv ichida qad ko‘targan qizil toriidarvozalari bildirib turadi. Darvozadan asosiy binogacha olib boruvchi yo‘l bo‘ylab tosh chiroqlar saf tortgan.

Ko‘lda kruiz

Xakone tog‘lari kalderasida, 3000 yildan ortiq avvalgi vulqon otilishidan keyin hosil bo‘lgan ko‘lda kruiz. Ko‘l qirg‘oqlari yovvoyi tabiatga yaqin, faqat bir nechta kurort zonalari va mehmonxonalar bor. Kemadan Fuji tog‘ining chiroyli manzarasi ochiladi, biroq bu tog‘li hududda bulutlar tez-tez va past bo‘lgani sabab 3776 metr balandlikdagi cho‘qqini ko‘rish katta omad hisoblanadi.

Ovakudani tomon kanat yo‘li

Ovakudaniga — 3 ming yildan oshiq tarixga ega vulqon krateri atrofidagi hududga kanat yo‘li orqali ko‘tarilish. Hududning katta qismi yuqori faollik zonasiga kiradi. Ko‘rsatkichlar me’yordan oshsa, stansiya yopiladi. Agar tashrif mumkin bo‘lsa, fumarolalarni ko‘rish, manba suvida qaynatilgan mashhur qora tuxumlarni sotib olish qiziqarli bo‘ladi.

Ko‘rinish yaxshi bo‘lsa, bu yerdan Fuji tog‘ini tomosha qiladilar.
(Agar stansiya xavfsizlik sabab yopiq bo‘lsa, muqobil variant — Komagatake kanat yo‘li.)

Mahalliy hunarmandchilik

Mahalliy hunarmandchilik — yosegi zaiku bilan tanishuv: turli yog‘och navlaridan yig‘ilgan qutilar, taroqlar va boshqa buyumlar, juda qiziqarli texnikada ishlanadi.

Taxminan 16:00 da Kiotoga Shinkansen tezyurar poyezdida jo‘nab ketish — 2,5 soat.
Kiotoga yetib borgach, mehmonxonaga transfer, joylashish, dam olish.


5-kun — Kioto

Ming yildan ortiq vaqt davomida Kioto mamlakatning asosiy siyosiy, madaniy va diniy markazi bo‘lib kelgan. Bu yerda shunchalik ko‘p qiziqarli joylar va an’anaviy hunar hamda urf-odatlar bilan tanishish imkoniyatlari borki, ularning barchasiga hatto bir necha yil ham yetmaydi.

  • Qadimiy poytaxtning timsoli bo‘lgan, ko‘l yuzida aks etib turuvchi nafis Kinkakudzi Oltin pavilion.

  • Daitokuji ibodatxona majmuasi va choy marosimi ustasi Sen no Rikyu bilan bog‘liq joylar.

  • Kiyomizudera ibodatxonasi — mashhur verandasi bilan, undan Kiotoning chiroyli manzarasi ochiladi. Ibodatxonaga olib boruvchi an’anaviy ko‘cha (Kiotoda eng ko‘p suratga olinadigan joylardan biri) bo‘ylab an’anaviy mahsulotlar va shirinliklar sotiladigan ko‘plab do‘konlar bor. Mehmonlarning sevimli kafelaridan biri bo‘lgan Starbucks ham shu yerda.

  • Gion geyshalar mahallasi. Choy uylari va restoranlar, bu yerga asrlar davomida estetik zavq izlab kelishadi. Bu yerda ishga shoshilayotgan haqiqiy geyshani (Kiotoda ularni geiko deb atashadi) yoki uning shogirdi — maikoni ko‘rish mumkin.


6-kun — Nara

Mehmonxonadan chiqish. Asosiy bagajni resepsion orqali Tokiodagi mehmonxonaga yuborish tavsiya etiladi, u ertasi kuni joylashishda olinadi. Ekskursiyaga esa 2 kunlik eng zarur buyumlar bilan chiqish kerak.

Naragacha buyurtma qilingan avtomobilda yo‘l — taxminan 1 soat.

VIII asrgacha Yaponiyada poytaxt har bir yangi imperator taxtga chiqqanda boshqa shaharga ko‘chirib borilgan. 710-yilda Nara birinchi doimiy siyosiy markazga aylangan. Shahar katta madaniy ahamiyatga ega, uning 8 ta obyekti UNESCO himoyasiga olingan.

Biroq Nara mehmonlarni nafaqat qadimiy ibodatxonalar va Katta Budda bilan, balki shaharda erkin yuradigan va sayyohlardan maxsus pechenye so‘raydigan kiyiklari bilan ham o‘ziga tortadi.


7-kun — Nara. Tokioga qaytish

Mehmonxonadan 11:00 gacha chiqish. Nonushta 07:00–10:00
(oxirgi buyurtma 09:30 da).

Narada bir kecha qolish — bu shaharni sayyohlar oqimi kelishidan oldin ko‘rish uchun noyob imkoniyat.

Ertalab mustaqil ravishda Todaidzi ibodatxonasi tomon piyoda sayr tavsiya etiladi — taxminan 15 daqiqa.
(Aynan shu tonggi paytda uni shoshilmasdan, shovqin-suronsiz tomosha qilish mumkin.) Qaytishda esa parkdagi kiyiklarni boqish mumkin. Xohlovchilar velosipedni oldindan ijaraga olishlari mumkin.

Todaidzi — unda bronzadan yasalgan Buyuk Budda joylashgan ibodatxona, Naraning ramzlaridan biridir. Asosiy zal — dunyodagi eng katta yog‘och inshoot, garchi XVII asrdagi hozirgi rekonstruksiya uning dastlabki hajmining atigi uchdan bir qismini tashkil etsa ham.

So‘ng — 15:00 gacha gid bilan dastur. Kioto orqali poyezdda Tokioga qaytish. Tokioda mehmonxonaga taksi bilan mustaqil borish. Joylashish. Sayr, dam olish.


8-kun — Jo‘nab ketish

07:30 da mehmonxonadan chiqish.
Narita aeroportiga yo‘l olish. Yo‘l vaqti 60–80 daqiqa.
11:05 da uchib ketish.